UZMOBI.UZ / Va’da qilingan to‘lov (qarz olish) - MOBIUZ

Va’da qilingan to‘lov (qarz olish) - MOBIUZ

Va’da qilingan to‘lov
Ushbu xizmat aloqa xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish uchun, o‘z hisob varag‘iga kelgusidagi to'lov hisobidan 3 kunlik muddatga mablag‘ olish imkonini beradi.

Hisob varag‘iga

tushadigan mablag‘ (so‘m)

Faollashtirish

narxi (so‘m)

Faollashtirish kodi

2 500

500

*111*32*2500#

5 000

1000

*111*32*5000#

10 000

2000

*111*32*10000#

15 000

2500

*111*32*15000#

Xizmatni faollashtirgandan keyin Siz: 

«Va’da qilingan to‘lov" xizmatidan foydalanishga so'rov yubordingiz.Siz bu xizmatdan foydalanganingizda qarzni qaytarish majburiyatini olasiz. Yoqish uchun 1 raqamini kiriting» degan SMS-xabar olasiz.

Holatni tekshirish uchun *111*320# USSD buyrug‘ini terish zarur.

Javob variantlari:

«Va’da qilingan to‘lov» uchun qarzingiz yo‘q.

«Va’da qilingan to‘lov» xizmati faol holatda. Xizmatdan foydalanish uchun to‘lov,faollashtirish sanasidan 3 kun o‘tgach, sizning hisob varag‘ingizdan yechib olinadi.

Aloqadaman

Mobiuz ning barcha abonentlari hatto manfiy balansda bo‘lganda ham “Aloqadaman” deya oladilar!

Agar balansingizni to‘ldirishga ulgurmagan bo‘lsangiz, kimdir sizga qo‘ng‘iroq qilolmasligi yoki SMS-xabarlarni ololmasligingizdan havotirlanmang!

Hatto balansingiz nolga teng yoki manfiy bo‘lganda ham, kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va SMS-xabarlarni olish imkoniga egasiz.

Buning uchun xizmatni yoqish yoki boshqa harakat bajarishingiz shart emas. O‘zbekiston Respublikasi hududida “UMS” MChJ tarmog‘i amal qiladigan joyda bo‘lsangiz, xizmat avtomatik ravishda ishga tushadi.

12.04.2018dan “Aloqadaman” xizmatining amal qilish muddati – balansingiz nolga teng yoki manfiy bo'lgan vaqtdan boshlab 30 kun*.

“Aloqadaman” xizmatining amal qilish muddati yakunlansa, abonent bilan shartnoma bekor qilinmaydi. Shartnomani bekor qilish tartibi va muddatlari aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasida belgilangan.

Abonent raqami bandlangan holatda ham u O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan yagona raqamlar orqali shoshilinch yordam xizmatlariga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Telefoningiz yoniq holatda bo‘lsa, yaqinlaringiz albatta qo‘ng‘iroq qilib tusha olishadi!

Manfiy qiymat 8 000 so‘mdan oshiq bo‘lsa xizmatning amal qilishi to‘xtaydi va kiruvchi qo‘ng‘iroqlar hamda SMS xabarlar bloklanadi.

*Agar raqam 2 oy davomida bandlangan holatda (balansi manfiy) bo‘lsa, kompaniya abonent bilan shartnomani bekor qilish huquqiga ega, bunda xizmatlarni ko‘rsatish to‘xtatiladi, yechib olingan abonent to‘lovi qaytarilmaydi.

03.10.2023 - 09:53
https://uzmobi.uz/ums/49-vada-qilingan-tolov-qarz-olish-mobiuz.html
UZMOBI.UZ