Munajjimlar bashoratlari faqat ko‘ngilochar va motivatsion maqsadlarda taqdim etiladi. Matnlar ilmiy, tibbiy yoki diniy hukm sifatida talqin qilinmasligi lozim. G‘aybni faqat Alloh biladi....
Mobile Optimal
- O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar/SMS limiti
- Oyiga 45 000 daqiqalik texnologik cheklov o‘rnatilgan. 45 000 daqiqadan so‘ng barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bloklanadi.
- “Telecom TV” xizmati “Barakali” obunasi bo‘yicha telekanallarni oʻz ichiga oladi. Kompaniya telekanallar tarkibi va soniga o'zgartirishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.
- Xizmatlar abonent tomonidan mustaqil ravishda faollashtiriladi. Xizmatlar bepul taqdim etiladi. Xizmatlarning amal qilish muddati - ulangan kundan boshlab 30 kun, avtomatik yangilash amal qiladi. Xizmatlar abonentning faol holatida, shaxsiy hisobdagi ijobiy qoldiqda amal qiladi. “Restart” xizmati ushbu paketlarda amal qilmaydi.
- Ushbu tarif rejasiga (TR) ulanish / o‘tish “UZTELECOM” sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, dilerlik xizmat ko‘rsatish joylarida, “Oʻzbektelekom” AKning www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida, shuningdek, “MyUZTELECOM” mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
- Resurslardan faqat shaxsiy hisobda ijobiy miqdorda mablagʻlar boʻlganda foydalanish mumkin.
- Abonent to‘lovi (keyingi o‘rinlarda - AT) hisoblanishi abonent “faol” holatda bo‘lganda amalga oshiriladi. Agar abonent hisob raqamida yetarli miqdorda pul mablagʻlari bo‘lmaganligi sababli bloklangan bo‘lsa, AT to‘lov kiritilmagunga qadar hisoblanmaydi.
- Ushbu TR doirasida AT hisoblanishining boshlanishi yagona jadval bo‘yicha emas, balki har bir abonent uchun alohida hisob-kitob davri bo‘yicha aniq soniyaga qadar amalga oshiriladi. TR doirasida ATni yechib olish vaqti aniq belgilanmagan bo‘lib, xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan vaqtga bog‘liq bo‘ladi.
- ATning hisob-kitob davri kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda 1 (bir) oyni tashkil etadi va abonentga xizmatdan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblanadi. Hisob-kitob sanasi abonentning hisob-kitob davri uchun ATni hisoblashdagi boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
- Misol uchun, abonent TRga 10-sanada ulangan bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik AT keyingi oyning 10-sanasida abonentning shaxsiy hisob raqamida TR bo‘yicha AT uchun yetarli miqdorda pul mablag‘lari bo‘lgandagina yechib olinadi. Agarda abonent 31-avgust kuni ulangan bo‘lsa, u holda navbatdagi ATni yechib olishga urinish 30-sentabr kuni amalga oshiriladi.
- Limitlar TR bo‘yicha AT muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi va joriy hisob-kitob davri tugagunga qadar amal qiladi, TR bo‘yicha foydalanilmay qoldirilgan limitlar keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazilmaydi.
- Xizmatlar limiti va AT masshtablashtirilmaydi.
- Masalan: Abonent UZTELECOM GSM tarmog‘iga 30-yanvar kuni ulanganda, AT yechib olinishi 28- yoki 29-fevral kuni (kalendar yiliga ko‘ra) amalga oshiriladi va hisob-kitob davri yakunida Abonent hisobida AT uchun yetarli miqdorda pul mablag‘lari bo‘lmasa, abonent raqami bloklanadi. Abonent tomonidan balans 5 yoki 10 kundan keyin to‘ldirilsa, abonent hisobidan AT to‘liq hajmda yechib olinadi, TR doirasidagi xizmatning barcha limitlari keyingi oyda AT yechib olingunga qadar bir oy muddatga to‘liq hajmda taqdim etiladi, bunda, har oylik ATni yechib olish sanasi keyingi muvaffaqiyatli AT yechib olinadigan sanaga suriladi.
- Amaldagi TRdan “Mobile” tarif rejalari toʻplamidagi TRga o‘zgartirilganda, “Raqam ijarasi” xizmati yoqilgan bo‘lsa, xizmat uchun hisob-kitob davri yangi TR bo‘yicha keyingi davrdan boshlab abonent to‘lovini hisoblash davri bilan tenglashtiriladi.
- Barcha qo‘ng‘iroqlar so‘zlashuvning birinchi soniyasidan boshlab narxlanadi va to‘liq daqiqa sifatida yaxlitlanib, hisobga olinadi.
- To‘plamdagi barcha tarif rejalarida quyidagi xizmatlar mavjud: “Qabul qilinmagan qo‘ng‘iroq/Tarmoqda”, “Shaxsiy raqam uzatilishini taqiqlash”, “Tezkor o‘tkazmalar”, “Raqam ijarasi”, “Yashirin qo‘ng‘iroq”, “Restart”, “Qo‘llab yubor” xizmatlari, “UNLIM” seriyali paketlar, shuningdek, ulanish imkoniyati berilgan qo‘shimcha MB va SMS-paketlari.
- “Mobile” TRdan quyidagi tarif rejalariga o‘tish mumkin: “Data 300GB/600GB/1TB”,
- “Mobile” toʻplamidagi tarif rejalariga va boshqa o‘tish uchun mavjud bo‘lgan amaldagi tariff rejalarga.
Vazirlar Mahkamasining 17.09.2019 sanadagi 778-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 1-dekabrdan boshlab IMEI-kodi/kodlari pullik asosda ro'yxatdan...
Batafsil -> SozlamalarEndi Ucell abonentlarida, shuningdek, Ucell tarmog‘iga ulanishni endi rejalashtirayotgan barcha-barchada Kompaniya saytidan istalgan telefon raqamini...
Batafsil -> XizmatlarINTERNET-PAKET 1 GB Ulanish narxi 10000 so'm GB barcha yo'nalishlarga 1 GB / 30 kun Ulanish kodi *1*1# MB barcha yo’nalishlarga *103#...
Batafsil ->Yangi izohlar
Restart xizmati - MOBIUZ ? UZMOBI.UZ - USSD kodlar, tarifni aniqlash, raqamni
MEN QURBONALIYEV Otabek Internet Paketim Tugagan Edi Shunga Internet Mb Sotib
Assalomu alaykum meni sms kartam oʻchib ketgan shuni nima qilib tiklasam
