“MyHit” xizmati (Gudok o'rniga musiqa) - UzMobile
UZTELECOM GSM dan “MyHit” xizmati – oddiy gudok o‘rniga tanlangan xit musiqalarni o‘rnatish imkoniyatini beradi. Xizmat jismoniy va mobil byudjetga ega yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
Xizmatni faollashtirish:
Qo‘ng‘iroq amalga oshiruvchi abonent gudok o‘rniga musiqani tinglashi uchun quyidagi usullar orqali musiqani o‘rnatish lozim:
- IVR: 4444 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda ovozli menyudan foydalanib xizmatni boshqarish mumkin (qo‘ng‘iroq tariflanmaydi). Musiqaning kodini terish orqali yoki galereyadan musiqani tanlagan holda aktivlashtirish mumkin.
- SMS: xizmatni 4444 qisqa raqamiga musiqa kodini yuborish orqali ulash mumkin.
- USSD: *444# so‘rovini amalga oshirilganda xizmat menyusi orqali musiqani ID (*444*ID#) bo‘yicha ulash, ulangan musiqalar haqida ma’lumot olish, xizmatni o‘chirish mumkin.
- WEB-portal: https://myhit.uztelecom.uz sahifasidagi qo‘llanma orqali xizmatni boshqarish mumkin.
- Yuqoridagi usullar orqali xizmat faollshtirilganda so‘rovga javoban abonent musiqa muvaffaqiyatli o‘rnatilganligi yoki o‘rnatilmaganligi va ulangan musiqa hamda uning amal qilish muddati haqida SMS orqali ma’lumot oladi.
Xizmatni quyidagi yo‘llar bilan o‘chirish mumkin:
- IVR: 4444 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroqni amalga oshirganda, ovozli menyudan foydalanib (9 – bo‘lim – xizmatni boshqarish) har bir musiqani alohida yoki barcha ulangan musiqani o‘chirish mumkin.
- SMS: 4444 qisqa raqamiga STOP tekstini SMS tarzida yuborish orqali xizmatni o‘chirish mumkin (bunda barcha “MyHit” xizmatida ulangan musiqalar o‘chiriladi).
- USSD: *444# so‘rovi xizmatni o‘chiradi.
- WEB-portal: https://myhit.uztelecom.uz sahifasidagi qo‘llanma orqali xizmatni boshqarish mumkin.
- Yuqoridagi usullar orqali xizmat o‘chirganda so‘rovga javoban abonent musiqa yoki xizmat muvaffaqiyatli o‘chirilganligi haqida SMS orqali ma’lumot oladi.
Xizmat narxi
Musiqa uchun birlik narxi (musiqa o‘rnatilganda bir marotabalik to‘lov)
| OBUNA | MUSIQA GURUHI | ABONENT UCHUN BIRLIK NARXI, QQS BILAN, SO‘M |
|---|---|---|
|
1 kunlik obuna |
Standart musiqa |
150 |
|
Premium musiqa |
225 |
|
|
VIP musiqa |
300 |
|
|
Chegirmadagi musiqa |
99 |
|
|
3 kunlik obuna |
Standart musiqa |
420 |
|
Premium musiqa |
650 |
|
|
VIP musiqa |
850 |
|
|
Chegirmadagi musiqa |
280 |
|
|
7 kunlik obuna |
Standart musiqa |
900 |
|
Premium musiqa |
1300 |
|
|
VIP musiqa |
1800 |
|
|
Chegirmadagi musiqa |
600 |
|
|
30 kunlik obuna |
Standart musiqa |
3300 |
|
Premium musiqa |
5000 |
|
|
VIP musiqa |
6600 |
|
|
Chegirmadagi musiqa |
2200 |
Cheklovlar
Quyidagi hollarda o‘rnatilgan musiqalar ijro etilmaydi va qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent oddiy gudok eshitadi:
- Agar boshqa raqamga qo‘ng‘iroqni yo'naltirish xizmati faollashtirilgan bo‘lsa;
- Agar chaqirilayotgan abonent “Chaqiruvni kutish” xizmati yoqilgan bo‘lsa, birinchi qo‘ng‘iroq qilgan abonent o‘rnatilgan musiqani eshitadi, ikkinchi liniyadigi abonent esa (ikkinchi liniyadaligi haqidagi) standart gudokni eshitadi.
Xizmatdan foydalanish shartlari:
- Xizmat jismoniy shaxslar va mobil byudjeti mavjud yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
- Bir abonent bir vaqtning o‘zida bir necha musiqani o‘rnatishi mumkin, har bir ulangan musiqa uchun alohida mablag‘ yechiladi.
- Abonent musiqani tanlagan paytidan boshlab xizmat yoqiladi va musiqa uchun bir marotabalik to‘lov amalga oshirilib, musiqa abonent tomonidan o‘chirilmaguniga qadar yoki/va musiqa amal qilish muddati tugaguniga qadar xizmat faol bo‘ladi.
- Agar abonent nofaol holatda bo‘lsa yoki tanlangan musiqa uchun to‘lovni amalga oshirmasa, qo‘ng‘iroq o‘rniga o‘rnatilgan musiqa o‘chiriladi va operatorning standart signaliga almashtiriladi.
Hisob to‘ldirilib, tanlangan qo‘ng‘iroq musiqasi uchun abonent to‘lovi to‘lagandan so‘ng, u avtomatik tarzda tiklanadi.
Endi *147# raqamiga USSD so‘rov yuborib o‘zingizga qulay bo‘lgan to‘plamlarni sotib olishingiz mumkin. So‘rovni amalga oshirgandan so‘ng siz quidagi...
Batafsil -> PaketlarSaytimizda siz quyidagi so'rovlarga javob topishingiz mumkin: uzmobile pullik xizmatlarni o'chirish, uzmobile barcha pullik xizmatlarni o'chirish...
Batafsil ->Endi UZTELECOM mobil aloqa xizmati GSM standarti abonentlari Internet to'plamlarni faollashtirib, zarur hajmdagi trafikdan butun kun davomida...
Batafsil -> PaketlarYangi izohlar
Teligiramni yangilagan edim qaytib ocholmayapman boshqa davlatda edim raqamim
Doimiy 25tarifiga oʻtmoqchiman 944927476 Doimiy 25tarifiga oʻtmoqchiman
IMEI-kodni pochta aloqasi nuqtalarida ro'yxatdan o'tkazish ?