Daqiqalarni MBga almashtirish - MOBIUZ
Siz ushbu xizmat doirasida, tarif rejasi doirasidagi joriy daqiqalarni almashtirishingiz va tarif rejasining joriy tunu-kun uchun mo‘ljallangan MB hisoblagichiga MB qo‘shishingiz mumkin (Mobiuz 8 yil TR, Xotirjam tariflar turkumi va cheksiz daqiqalar bo‘lgan boshqa tarif rejalaridan tashqari).
Xizmatdan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan, barcha yo‘nalishlarga daqiqalar hisoblagichi bo‘lgan tarif rejalaridagi abonentlarda foydalanish imkoniyati mavjud (Mobiuz 8 yil TR, Xotirjam tariflar turkumi va cheksiz daqiqalar bo‘lgan boshqa tarif rejalaridan tashqari).
Xizmatning narxi har bir almashtirish uchun 2000 so‘m.
Daqiqalarni MBga almashtirish uchun *250# USSD-buyrug‘ini terish kerak.
Izohlar:
-
Xizmatdan abonent – jismoniy shaxslarda foydalanish imkoniyati mavjud.
-
Oylik va kunlik daqiqalar hajmini almashtirish imkoniyati mavjud.
-
Narxi hajmdan qat’i nazar 2000 so‘m.
-
Almashtirish 1 ga 1 tarzida amalga oshiriladi, ya’ni 1 daqiqa 1 MBga almashtiriladi.
-
Almashtirishda MB joriy MB hajmiga (oylik yoki kunlik) qo‘shiladi.
-
MBni daqiqalar to‘plamiga qayta almashtirish imkoniyati mavjud emas.
-
To‘plamlar doirasida xarid qilingan daqiqalar almashtirilmaydi.
-
"Gap Ko‘p" xizmati doirasida taqdim qilinadigan daqiqalar almashtirilmaydi
- Almashtirishni faqatgina faol holatda amalga oshirish mumkin, abonent balansida yetarli mablag‘ bo‘lishi va 2000 so‘mdan ko‘p qiymatni tashkil qilishi kerak.
Va’da qilingan to‘lov Ushbu xizmat aloqa xizmatlaridan foydalanishni davom ettirish uchun, o‘z hisob varag‘iga kelgusidagi to'lov hisobidan 3 kunlik muddatga mablag‘ olish imkonini beradi. Hisob varag‘iga tushadigan mablag‘ (so‘m) Faollashtirish...
Agar sizning balansingiz nolga yaqinlashib qolgan bo'lsa, u holda "EXTRA balans" (qarz olish) xizmati bir zumda hisobingizni 1,000 so'm yoki undan ortiq miqdorida to'ldirishingizga yordam beradi. Mazkur xizmatdan 150 qisqa raqamiga...
HUMANS aloqa operatorining eng muhim va foydali USSD kodlari: balansni tekshirish, o'z raqamini bilish, paketlar qoldig'i va xizmatlarni boshqarish kodlari bitta ro'yxatda....