Daqiqalar to‘plamlari - MOBIUZ
Endi Mobiuz abonentlari "60/120/180/300/900/1200/1800 daqiqalik to‘plamlarni" faollashtirishlari mumkin! To‘plamalarga kiritilgan daqiqalardan tarmoq ichida, O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga va shahar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar uchun foydalanish mumkin.
|
To‘plam |
To‘plam narxi (so'm) |
USSD buyruq yordamida xarid qilish |
|---|---|---|
|
«60 daqiqalik to‘plam» |
4 000 so‘m |
*103*60# |
|
«120 daqiqalik to‘plam» |
7 000 so‘m |
*103*120# |
|
«180 daqiqalik to‘plam» |
10 000 so‘m |
*103*180# |
|
«300 daqiqalik to‘plam» |
16 000 so‘m |
*103*300# |
|
«900 daqiqalik to‘plam» |
37 000 so‘m |
*103*900# |
|
«1200 daqiqalik to‘plam» |
45 000 so‘m |
*103*1200# |
|
«1800 daqiqalik to‘plam» |
62 000 so‘m |
*103*1800# |
To'plam narxi to'plam faollashtirilganda yechib qolinadi.
To'plam amal qilish muddati – faollashtirilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni.
Faollashtirilgan to´plamda daqiqalar qoldig´ini bilish:
USSD-buyruq: *103#
SMS-yordamchi: 616020 raqamiga 3.
Izohlar:
- Daqiqalar to'plamini barcha jismoniy shaxslar uchun mo'ljallangan tarif rejalarida faollashtirish imkoniyati bor;
- To'plamlarga kiritilgan daqiqalar tarmoq ichida, boshqa mobil operator tarmoqlariga va shahar raqamlariga chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun mo'ljallangan;
- To'plamga kiritilgan daqiqalar hajmi abonent bandlanganligi/bandlanmaganligidan qat'iy nazar 30 kalendar kuni davomida amal qiladi;
- To'plam faollashtirilishi uchun abonent hisobida yetarlicha mablag bo'lishi shart, ya'ni u faollashganidan keyin abonent balansida kamida 42,10 so'm qolishi kerak;
- To'plam muvaffaqiyatli faollashganda bu haqida SMS-xabarnoma keladi;
- Xarid qilingan barcha to'plamlar hajmi qo‘shiladi va uning amal qilish muddati oxirgi xarid qilingan to'plamdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi;
- To'plam yoki tarif rejasi bo'yicha beriladigan daqiqalar yakunlanganidan so'ng qo'ng'iroqlar belgilangan tariflar bo'yicha narxlanadi;
- Tarif rejasi o'zgartirilganda daqiqalar to'plamidan foydalanish shartlari o'zgarmaydi;
- To'plamdagi daqiqalar O'zbekiston Respublikasi bo'yicha chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun mo'ljallangan;
- Daqiqalar to'plamlari abonent faqat O'zbekiston hududida, "UMS" MChJ tarmog'ida bo'lgandagina amal qiladi;
- Xalqaro chiquvchi qo'ng'iroqlar va kontent-provayder xizmatlariga qo'ng´iroqlar ular uchun belgilangan tariflar bo'yicha narxlanadi;
- Daqiqalarning sarflanish tartibi:
Tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar >Xarid qilingan daqiqalar to‘plami
- Abonentda bir qancha to‘plamlar bo‘lganida daqiqalarning sarflanish tartibi:
“Gap ko‘p” xizmati >Tarif rejasi bo‘yicha daqiqalar>Xarid qilingan daqiqalar to‘plami.
- Narxlar barcha soliqlarni hisobga olgan holda ko'rsatilgan
Telefoningizda *111*025# kodini tering va balansingizdan joriy oyda yechilgan barcha mablag'lar bo'yicha guruhlashtirilgan ma'lumot oling Xizmat amal qilishi. “Mening xarajatlarim” xizmatidan faqat jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin. Xizmatni...
“Raqamni o‘zgartirish” xizmati SIM-kartani oʻzgartirmagan holda mavjud Ucell raqamni istalgan boʻsh boʻlgan Ucell raqamga almashtirish imkonini beradi. Raqamni almashtirish uchun cheklovlar: Manfiy balans holatida xizmatdan foydalanib bolmaydi....
USSD yordamida operator yoki viloyat kodini bilib oling *340{7 xonali abonent raqami}# USSD-so‘rovini jo‘natib, siz viloyat yoki operator kodini SMS-xabar tarzida olasiz. So‘rovlarning kunlik maksimal soni – 10 ta. Xizmat bepul taqdim etiladi....