UZMOBI.UZ / Ucell pullik xizmatlarni o'chirish - Ucell

Ucell pullik xizmatlarni o'chirish - Ucell

Xizmatlarni o‘chirish – abonentlar oldin faollashtirilgan barcha xizmatlarni ko‘plab maxsus USSD-so‘rovlarni kiritmasdan bekor qilishlari uchun qulay vosita.

Pullik xizmatlarni o'chirish uchun:   USSD kodini tering.


1. Ucell  xizmatlarini o‘chirish 1. Abonent to’lovli Ucell xizmatlarini o’chirish*
2. Qo’shimcha Ucell xizmatlarini o’chirish**
3. Barcha Ucell xizmatlarini o‘chirish ***`
4. Ucell xizmatlarini alohida o’chirish
2. Axborot-ko‘ngilochar xizmatlarni o‘chirish Barcha axborot-ko‘ngilochar xizmatlarni o‘chirish.
 
3. Barcha xizmatlarni o‘chirish Barcha xizmatlarni, shu jumladan axborot-ko‘ngilochar xizmatlarni o‘chirish
4.  Xizmat haqida ma’lumot. Xizmat haqida qisqa ma’lumot.


* Abonent to'lovli Ucell xizmatlari, limitlar taqdim etadigan barcha pullik davriy xizmatlarni o'z ichiga oladi.

** Qo’shimcha Ucell xizmatlari limitlar taqdim etilmaydigan qo'shimcha pullik davriy xizmatlarni, shu jumladan: «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Raqamni yashirish», «SMS Filtr-Qora ro‘yxat»", «Ovozli Pochta», «SMS Avto-javob», «SMSni boshqa raqamga yo‘naltirish», «Do‘stim hisobidan SMS», «Maksimal Internet», «Internet Mega Boom»  xizmatlarini o’z ichiga oladi.

*** Barcha Ucell xizmatlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: limitlar taqdim etadigan barcha pullik davriy xizmatlar; limitlar taqdim etmaydigan pullik davriy xizmatlar, cheksiz internet-trafik taqdim etadigan pullik xizmatlar, shu jumladan, “Trafik+” va ”Tungi internet” xizmatlarining barcha to’plamlari, “Tungi internet-to‘plamlar”,  “Cheksiz Internet-to‘plamlar”, “Metroda Ucell cheksiz internet-to‘plamlari”, “Soatbay Internet”, “Oylik 4G Internet-to‘plamlar”, “Tunda 4Gni sinab ko‘ring”, “TAS-IX uchun internet-to‘plamlar”.

Limitlar qoldiqlarining saqlanib qolinishi yoki bekor qilinishi xizmat shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

25.10.2023 - 04:03
https://uzmobi.uz/ucell/62-ucell-pullik-xizmatlarni-ochirish-ucell.html
UZMOBI.UZ