Tanishuv chati
Ucell

Ucell “Raqamni o‘zgartirish” xizmati

“Raqamni o‘zgartirish” xizmati SIM-kartani oʻzgartirmagan holda mavjud Ucell raqamni istalgan boʻsh boʻlgan Ucell raqamga almashtirish imkonini beradi.
Raqamni almashtirish uchun cheklovlar:
Manfiy balans holatida xizmatdan foydalanib bolmaydi.
“Mobil avans” xizmati bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lsa, ushbu xizmatdan foydalanish imkonsiz.
Istalgan raqam va muddatli tolovga chiroyli raqam aksiyalari talablari bajarilmagan holatda xizmatdan foydalanib bolmaydi.

Xizmat kimlarga taqdim etiladi?
Xizmatga Kompaniya ofislarida ulanish mumkin.
Xizmat Prepaid tizimi abonentlari uchun ochiq.
Xizmat tizimga ulanganiga 3 oy va undan koʻp boʻlgan raqamlar uchun ochiq.
Xizmatdan oyiga 1 marta foydalanish mumkin.
Xizmat narxi – 0 soʻm
Raqam oʻzgartirilgan taqdirda, avvalgi raqam uchun amal qilgan barcha shartlar yangi raqam uchun ham toʻliq amal qiladi.
Xizmatdan abonentlik raqami roʻyxatga olingan abonent shaxsni tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan holda foydalanishi mumkin.
Tanlangan pulli kategoriyadagi yangi raqamning summasi toʻliq toʻlanishi kerak. Almashtirib yuborilgan eski pulli kategoriyadagi raqamga toʻlangan pul qaytarib berilmaydi.
“Raqamni o‘zgartirish” xizmati doirasida “Istalgan raqam 2022” va “Muddatli toʻlovga chiroyli raqam” aksiyalari amal qilmaydi.
Raqam almashtirilganidan soʻng, Mobil ilova va Shaxsiy kabinetga faqat yangi raqam orqali kirish mumkin bo’ladi. Foydalanilgan xizmatlar tarixini Mobil ilovada va Shaxsiy kabinetda avvalgi raqamdan foydalanish vaqtida amal qilgan xizmatlar tarixini koʻrishning imkoni boʻlmaydi.

Bular ham foydali

Oilada ikki kishi bir vaqtning o‘zida ko‘p qo‘ng‘iroq qiladi, internet ishlatadi va tez-tez xabar almashadimi? Endi har bir abonent uchun alohida tarif olish shart emas. Beeline’ning Oila Start tarifi yordamida ikki raqamni bitta tarif ostida...

Daqiqalarni MBga almashtirishda daqiqalar quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi: dastlab tarmoq ichidagi daqiqalar, so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab daqiqalar. To‘plam ulangan kundan boshlab 5 kun davomida amal qiladi. Ushbu to‘plamni uzaytirish ushbu...

Ucell xizmatlarini Online rejimda xarid qiling! Buning uchun to‘plam sahifasiga kirib, "Xarid qilish" tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng, o‘z raqami va bir martalik parolni kiritishi kerak. Bir martalik parol *233# raqamiga USSD-so‘rov...