Tanishuv chati
Foydali maqolalar

Yo‘l harakati qoidalari jarimalar narxi 2025

Yo‘l harakati qoidalari jarimalar narxi 2025

O‘zbekistonda 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 10 foizga — 412 ming so‘mgacha oshiriladi. Shundan kelib chiqib, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar ham oshiriladi. Ro‘yxat.


O‘zbekistonda 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 10 foizga — 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mga oshiriladi. U soliqlar, yig‘imlar, bojlar, jarimalar va davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi.

Shu tariqa, xuddi shu sanadan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning quyidagi miqdorlari qo‘llanadi:

  • xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima — 206 ming so‘m;
  • dori qutisi, nimcha, o‘t o‘chirgich, avariya to‘xtash belgisi va texnik ko‘rikdan o‘tmaganlik uchun jarima — 206 ming so‘m;
  • yo‘l belgilari talablariga rioya qilmaslik, piyodalar yo‘lakchasida harakatlanish uchun jarima — 206 ming so‘m;
  • hujjatsiz yurganlik uchun jarima — 412 ming so‘m;
  • sug‘urtasiz yurganlik uchun jarima — 412 ming so‘m;
  • qizil chiroqda o‘tganlik uchun jarima — 1 mln 236 ming so‘m;
  • belgilanmagan joyda to‘xtash uchun jarima — 824 ming so‘m;
  • rulda telefondan foydalanganlik va gaplashganlik uchun jarima — 1 mln 236 ming so‘m;
  • davlat raqamisiz yurganlik uchun jarima — 2 mln 60 ming so‘m;
  • tezlikni soatiga 20 kilometrdan oshirganlik uchun jarima — 412 ming so‘m;
  • tezlikni soatiga 20 kilometrdan 40 kilometrgacha oshirganlik uchun jarima — 2 mln 60 ming so‘m;
  • tezlikni soatiga 40 kilometrdan oshirganlik uchun jarima — 3 mln 708 ming so‘m;
  • qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqish uchun jarima — 4 mln 120 ming so‘m;
  • mastlik holatida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganlik uchun jarima — 6 mln 180 ming so‘m va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;
  • mast holda transport vositasini boshqarish uchun jarima — 10 mln 300 ming so‘m va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;
  • tusi o‘zgartirilgan oynali (tonirovkali) transport vositasidan ruxsatnomasiz foydalanganlik uchun jarima — 10 mln 300 ming so‘m;
  • oynalari qoraytirilgan transport vositasidan ruxsatnomasiz bir yil davomida takroran foydalanganlik uchun jarima — 8 mln 240 ming so‘m.

2025 yilda yo'l harakati qoidalari buzish jarimalariga qanday o'zgarishlar  kiritildi?

Bular ham foydali

“Raqamni o‘zgartirish” xizmati SIM-kartani oʻzgartirmagan holda mavjud Ucell raqamni istalgan boʻsh boʻlgan Ucell raqamga almashtirish imkonini beradi. Raqamni almashtirish uchun cheklovlar: Manfiy balans holatida xizmatdan foydalanib bolmaydi....

Beeline abonentlari uchun barcha foydali USSD buyruqlar ro'yxati: hisobni tekshirish, tariflar, internet paketlar ulash kodlari....

Agar sizning balansingiz nolga yaqinlashib qolgan bo'lsa, u holda "EXTRA balans" (qarz olish) xizmati bir zumda hisobingizni 1,000 so'm yoki undan ortiq miqdorida to'ldirishingizga yordam beradi. Mazkur xizmatdan 150 qisqa raqamiga...