Savol bormi?

Munajjimlar bashoratlari faqat ko‘ngilochar va motivatsion maqsadlarda taqdim etiladi. Matnlar ilmiy, tibbiy yoki diniy hukm sifatida talqin qilinmasligi lozim. G‘aybni faqat Alloh biladi....

Foydali maqolalar

Mnp xizmati nima uchun muhim sanaladi?

Mnp xizmati nima uchun muhim sanaladi?

Mobil raqamini ko‘chirish imkoniyati” (Mobile Number Portability, MNP) atamasi mobil aloqa abonentiga bitta mamlakat ichida bir mobil aloqa operatoridan boshqasiga o‘tish jarayonida o‘z raqamini saqlab qolish imkonini beruvchi vositalar to‘plamini bildiradi (kelgusida matnda “MNP xizmati” deb esga olinadi).

Shunisini eslatib o‘tamiz-ki, formati ITU-T Е.164. tavsiyanomalariga mos keladigan MSISDN raqamlari haqida so‘z bormoqda. MNP xizmati abonent o‘z raqamini saqlab holda qolgan xuddi shu turdagi xizmat ko‘rsatishga ega bo‘lish uchun operatorini va/yoki xizmatlar yetkazuvchisini almashtirishini anglatadi.

Ko‘plab chet el mamlakatlarida abonentlarning o‘z raqamini ko‘chirish huquqi “yuqori”dan tashkillashtirilib, qonuniy darajada biriktirilgan edi. Boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadi-ki, mijozning MNPga bo‘lgan huquqining amalga oshirilishi mobil aloqa bozoriga qattiq ta’sir qiladi, chunki bu xizmat mijoz bazalari oqimining kirib kelishini soddalashtirib, bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, natijada, narxlarni pasaytirishning qo‘shimcha mexanizmlarining yaratilishiga olib keladi va yangi ishtirokchilarning bozorga kirib kelishini osonlashtiradi.

MNP targ‘ib qilinishining asosiy maqsadi raqobatbardoshlik muhitining ta’minlanishi edi. Iste’molchilar uchun foydalar qatorida tarif narxlarining pasayishi va operatorlar tomonidan abonentlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatining oshishi keltirib o‘tilgan. Operatorlar raqobatbardoshlik taranglashgan sharoitda iste’molchilarga bunday afzalliklar yaratib berishi taxmin qilingan edi.

MNP targ‘ib qilingunicha operatorni almashtirish bilan birga o‘z raqamini ham almashtirish talab qilinar edi. Ko‘plab abonentlar aloqa xizmatining sifati, narxi va boshqa parametrlariga qoniqmaganliklari sababli o‘z operatorlaridan voz kechishni istashar, ammo bunday qila olmas edilar. Abonentlar raqam o‘zgarishi bilan to‘planib qolgan kontaktlardan mahrum bo‘lishdan qo‘rqishar edi. Raqamni ko‘chirish xizmatini targ‘ib qilishdagi nazoratning asosiy sabablaridan biri – ushbu to‘siqni olib tashlash bo‘lib, u iste’molchiga o‘z raqamidan voz kechmagan holda o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan xizmat yetkazuvchisini, eng qulay moliyaviy sharoitni va eng yaxshi texnologik innovatsiyalarni tanlash imkonini beradi

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida 6 ta aloqa operatori faoliyat olib bormoqda, ularning 5 tasi GSM (2G, 3G va 4G) standarti bo‘yicha aloqa xizmatini taqdim etadi: “Unitel” MCHJ, “Coscom” MCHJ, “Universal Mobile Systems” MCHJ, “Uztelekom” AK ning “Uzmobile” filiali, “Humans” MCHJ va CDMA standarti bo‘yicha faoliyat olib boruvchi 2 ta mobil aloqa operatori: “Uztelekom” AK ning “Uzmobile” filiali, “Rubicon Wireless Communication” ITT MCHJ. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga asosan, 2021-yilning 1-apreli sanasi holatiga ko‘ra mobil aloqa tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 24,8 mln ni tashkil qiladi va bu raqamlar hamon o‘sishda davom etmoqda.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadi-ki, MNP ning targ‘ib qilinishi bir qator noma’lum oqibatlarga olib keladi. MNP xizmati bozor fundamentiga so‘zsiz ta’sir o‘tkazadi, ammo bunday ta’sirning muayyan natijalari ko‘p vaziyatlarda kutilganlaridan farq qiladi. Ta’sir darajasi boshqa operatorga o‘tish imkonining muayyan shartlari (ma’muriy jarayonlar murakkabligi, mijoz uchun belgilangan o‘tish narxi), xizmat targ‘ib qilingan vaqtdagi bozor holati va h.k. kabi bir qator omillarga bog‘liq.

 

Bular ham foydali

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2019 sanadagi 778-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 1-dekabrdan boshlab IMEI-kodi/kodlari pullik asosda ro'yxatdan...

Batafsil -> Sozlamalar

Endi Ucell abonentlarida, shuningdek, Ucell tarmog‘iga ulanishni endi rejalashtirayotgan barcha-barchada Kompaniya saytidan istalgan telefon raqamini...

Batafsil -> Xizmatlar

INTERNET-PAKET 1 GB Ulanish narxi 10000 so'm GB barcha yo'nalishlarga 1 GB / 30 kun Ulanish kodi *1*1# MB barcha yo’nalishlarga *103#...

Batafsil ->
Izoh qoldiring

Yangi izohlar
ddiqvzicrnВ четверг в 12:48

Restart xizmati - MOBIUZ ? UZMOBI.UZ - USSD kodlar, tarifni aniqlash, raqamni

img
Izohga o'tish
ХожимуродВ среду в 11:55

Интернет яхши изламаяпти 4г чикиб турибди холос

img
Izohga o'tish
Otabek1 ноября 2025 10:26

MEN QURBONALIYEV Otabek Internet Paketim Tugagan Edi Shunga Internet Mb Sotib

img
Izohga o'tish
Mehrigul31 октября 2025 00:01

Muammo internetda emas, telefonda! 4gda ishlay olmaydi

img
Izohga o'tish
Javlonbek30 октября 2025 11:56

Assalomu alaykum meni sms kartam oʻchib ketgan shuni nima qilib tiklasam

img
Izohga o'tish
Asadbek23 октября 2025 19:19

Sim kartaga pul aylangan ishlamayapti

img
Izohga o'tish
Barcha izohlar
Qaysi aloqa operatori xizmatidan foydalanasiz?