Telefonni IMEI-kodini ro'yxatdan o'tkazish
Vazirlar Mahkamasining 17.09.2019 sanadagi 778-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 1-dekabrdan boshlab IMEI-kodi/kodlari pullik asosda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Mobil qurilmadan birinchi tarmoq hodisasi amalga oshirilganidan (SIM-slot faollashtirilgandan) so'ng 30 kalendar kuni oralig'ida mobil qurilmaning IMEI-kodini UZIMEI-yagona ma'lumotlar bazasida ro'yxatdan o'tkazish kerak.
Mobil qurilmaning IMEI-kodini bilish uchun telefon klaviaturasida *#06# kombinatsiyasini tering.
USSD so'rovi orqali IMEI kodini ro'yhatdan o'tgan yoki o'tmaganligini tekshirish uchun *1170# kodini tering. (So’rovlarga javob tizim orqali SMS tarzida keladi).
SMS so'rovi orqali IMEI kodini ro'yhatdan o'tgan yoki o'tmaganligini tekshirish uchun mobil qurilma IMEI kodini 1170 raqamiga SMS orqali yuborish. (So’rovlarga javob tizim orqali SMS tarzida keladi).
SIM-slot faollashtirilgandan so'ng 30 kalendar kun ichida bitta IMEI-kodini ro'yxatdan o'tkazish uchun to'lov 60 000 so'm. 30 kalendar kuni o'tganidan keyin to'lov 75 000 so'm.
Batafsil ma’lumotni UZIMEI.UZ saytidan olishingiz mumkin.
Telefoningizda *111*025# kodini tering va balansingizdan joriy oyda yechilgan barcha mablag'lar bo'yicha guruhlashtirilgan ma'lumot oling Xizmat amal qilishi. “Mening xarajatlarim” xizmatidan faqat jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin. Xizmatni...
“Raqamni o‘zgartirish” xizmati SIM-kartani oʻzgartirmagan holda mavjud Ucell raqamni istalgan boʻsh boʻlgan Ucell raqamga almashtirish imkonini beradi. Raqamni almashtirish uchun cheklovlar: Manfiy balans holatida xizmatdan foydalanib bolmaydi....
USSD yordamida operator yoki viloyat kodini bilib oling *340{7 xonali abonent raqami}# USSD-so‘rovini jo‘natib, siz viloyat yoki operator kodini SMS-xabar tarzida olasiz. So‘rovlarning kunlik maksimal soni – 10 ta. Xizmat bepul taqdim etiladi....